25/12/2023

Joriy yilning yanvar-noyabr oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd. 259,6 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 100,1 mln. AQSH dollariga ko‘paydi. Savdo aylanmasida eksport hajmi 510,4 mln. AQSH dollarini, import hajmi esa 749,2 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. Savdo aylanmasi 81 ta davlat bilan amalga oshirilgan.