25/12/2023

2023-yilning 1-dekabr holatiga viloyatimizda 28 104 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan oilaviy korxonalar soni 983 tani tashkil qildi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p oilaviy korxonalar sanoat sohasida –368 ta va savdo sohasida – 318 ta faoliyat ko‘rsatmoqda.