26/12/2023

2023-yilning 1-dekabr holatiga Namangan viloyatida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni 19 327 tani tashkil etib, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16,1 trln. so‘mni tashkil etdi va o‘sish surati 2022-yilning mos davriga nisbatan 110,6 foizni ko‘rsatmoqda. Bozor xizmatlarining eng katta hajmi 5,0 trln. so‘m bilan savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.