2023- yil 26- dekabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to‘g‘risida xabar qilish majburiyati to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga alohida toʻxtalib, davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart ekanligini takidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 31- dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbzuralik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 829-son qarori va Statistika agentligining 2023- yil 20- iyuldagi 37-son buyrug‘i bilan Yo‘riqnomaga asosan har bitta korrupsiyaviy holat bo‘yicha xabar berganligi yuzasidan qilmishning ijtimoiy xavfliligi asosida har chorak yakunida BHMning 1 baravaridan 10 baravariga bir martalik mukofot puli berilishini aytib o‘tdi.