27/12/2023

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Kosonsoy tumani eksportyorlari tomonidan 15 ta davlatga 63,0 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi. Eksport tarkibida katta ulushni meva-sabzavot va poliz mahsulotlari tashkil etgan. Jumladan 194,2 tonna uzum, 63,6 tonna piyoz, 380,1 tonna pomidor, 429,3 tonna o‘rik, shaftoli, gilos va boshqa mevalar o‘rin olgan.