29/12/2023

Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi. Yangi yil – eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil, ya’ni eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kundir.

Ushbu bayram munosabati bilan joriy yilning 29-dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig'i S. Melixujayev so‘zga chiqib, barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan samimiy muborakbot etib, Statistika sohasini rivojlantirishdagi samarali va fidokorona mehnati, o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun bir qator xodimlarni Statistika agentligi direktori B. Begalov tomonidan imzolangan faxriy yorliqlar hamda Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi.

Statistika boshqarmasining ahil jamoasi va qolaversa, barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin dildan tabriklaymiz! 

Yangi yil barchaga yangi omadlar, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin!