29/12/2023

Joriy yilning 29-dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan joriy yilning dekabr oyi davomida qabul qilingan (Lex.uz tizimiga kiritilgan) qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berildi. Unga ko'ra dekabr oyi davomida O‘zbekiston Respublikasining 4 ta Qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 ta Farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20 ta qarorlari hamda vazirlik va idorlarning 10 ta normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.

  Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi