03/01/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Jumladan, 2023- yilning 29-dekabr kuni Chortoq tuman statistika bo'limi xodimlari tomonidan mahallalarda хonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora tadbirlar  ko‘rilmoqda.

Jarayondan fotolavhalar:

photo1703131065

photo1703131065

photo1703131065

photo1703131065