Joriy yilning 12- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4.01.2024-yildagi “CHiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5-son Farmoni yuzasidan tushunchalar berdi.
Mazkur farmonga muvofiq 2024- yil 1- apreldan boshlab ko‘chmas mulk hamda avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashda chiqindidan qarzdorlik mavjud bo‘lsa notarial harakatlar amalga oshirilmasligini, qarzdorlik bartaraf etilganidan keyin amalga oshirilishini, chiqindi xizmatlari uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan abonentlarni SMS orqali xabardor qilib borilishi, qarzdorlik vujudga kelganligi to‘g‘risida oldindan elektron to‘lov tizimlari orqali ogohlantirilgandan keyin to‘lovlar amalga oshirilmagan taqdirda abonentlar chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etmaganiga qadar ularning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi