2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 729 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida bu sohada 112 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
- Namangan shahri – 280 ta
- Chust tumani – 63 ta
- Pop tumani – 49 ta
- Kosonsoy tumani – 46 ta