2024- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 27 634 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etmoqda. Shundan, xususiy korxonalarning ulushi 14,4 % ga yoki 3 986 taga to'g'ri kelmoqda.
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Namangan shahri – 934 ta
- Chust tumani – 793 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 309 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 301 ta
- Mingbuloq tumani – 292 ta
- Namangan tumani – 285 ta