17/01/2024

2024- yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, Namangan viloyatining doimiy aholisi soni 3 mln. 66,1 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 68,6 ming kishiga ko‘paydi.

Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 989,4 ming kishini, qishloq aholisi soni 1 mln. 76,7 ming kishini tashkil etdi.

Shuningdek, doimiy aholining 1 mln. 558,4 ming nafarini erkaklar, 1 mln. 507,7 ming nafarini ayollar tashkil etgan.