17/01/2024

Joriy yilning 17- yanvar kuni Uchqo‘rg‘on tumani "Oqtovlik" mahalla fuqorolar yig‘inida uy-joylarning tanlanma kuzatuvi bo‘lib o'tdi. Unda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov ishtirok etib, shu mahallaning Tinchlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi Mamatqulov Anvarjon bilan yaqindan suhbatlashdi.

Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.

Ma'lumot o'rnida: Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

Kuzatuv jarayonidan fotolavhalar: