2023- yilda Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 47 trln. 112,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yil bilan taqqoslaganda 5,4 % ga o‘sdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 15 mln. 539,5 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 3,1 % ga yuqoridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari: Qurilish - 107,1 %, Sanoat - 107,2 %, Xizmatlar - 105,1 % va Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -104,4 %ni tashkil etgan.