18/01/2024

2024-yilning 17-yanvar kuni Namangan viloyatining Norin tumanida 12- narx INI (ist'emol) oylik kuzatuvining oziq-ovqat yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.

 Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov, Norin tuman statistikasi bo'limi boshlig'i Z. Imamov tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etib borildi.

Shuningdek, B. Xoliqov narx registratoriga kuzatuvlarda asosiy e’tibor qaratilishini lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.