Joriy yilning 19- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Axborot xavfsizligi siyosati va uning ahamiyati” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda Statiska boshqarmasining Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi boshlig‘i A.Mutalov axborotni himoyalash bugungi kunda har bir korxona va tashkilotning dolzarb masalasi hisoblanishi, axborot xavfsizligi hodisalari tufayli keladigan zarar tashkilot taqdiriga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini, xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga, kompyuterdan foydalanish qoidalariga hamda internetdan foydalanish odobiga rioya etishi zarurligini alohida takildladi.
Shuningdek, axborot xavfsizligi siyosatiga tahdidlar, ularning turlari, xavfli darchalar, tahdid mezonlari, ichki va tashqi tahdidlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati