23/01/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd. 380,1 mln. AQSH dollarini tashkil etib, bu 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 100,5 mln. AQSH dollariga ko‘paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 558,4 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 821,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdgan. Savdo aloqalari dunyoning 81 mamlakati bilan amalga oshirilib, nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (32,8 %), Xitoy (22,9 %), Qozog‘iston (7,2 %) va Turkiya (5,7 %) hissasiga to‘g‘ri keladi.