26/01/2024

  Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan masofaviy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham faol ishtirok etishdi.

Tadbirni Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjan Muratovich bugungi kunda oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, statistika tizimida xotin-qizlarning o‘rni va yutuqlari haqidagi nutqi bilan ochib berdi.

Shuningdek, agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i - Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Talipova Zulxumor Normatovna so‘zga chiqib, agentlikda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Tadbir yakunida yil davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bir qator xotin-qizlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. E'tiborlisi, mazkur taqdirlash jarayonida  Namangan viloyati statistika boshqarmasida ham 2023- yilda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan samarali ish tashkil etilganligi alohida takidlandi va boshqarmaning Ayollar maslahat-kengashi raisi S. Dedabayeva tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati