26/01/2024

2023- yilda viloyatimizda mahalliylashtirish dastur doirasida kiritilgan 91 ta loyiha bo‘yicha jami 2 trln 107,7 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 893,7 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Shuningdek, joriy yilning 1- yanvar holatiga mahalliylashtirish dasturi doirasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 73 tani tashkil etib, o‘tgan 2023- yilda ushbu dastur doirasida 12,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilinishi ta’minlangan.