Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Namangan viloyati Namangan tumanida 1-KB (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonalar” hamda 1-FX (yillik) “Fermer xo‘jaliklari” faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Namangan viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, fermer xo‘jaligi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining rahbar va xodimlari ishtirok etdi. O‘tkazilgan tadbirda yillik statistika hisobotlarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri to‘ldirish va sifatli taqdim etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Viloyat statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan statistika hisobotlarini sifatli to‘ldirish borasidagi mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif, uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Muloqot davomida ishtirokchilar E-Stat 4.0 elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ham batafsil tanishtirildi.
Axborot xizmati