31/01/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Pop tumanining doimiy aholisi soni 235,7 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 4,4 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholining 50,3 %ini erkaklar 49,7 %ini ayollar tashkil etadi. 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 5 894 kishini, vafot etganlar soni 1 169 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2023- yilda FHDYO organlarida 1 809 ta nikohlar va 328 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Pop tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 192 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 537 kishini tashkil qilgan.