02/02/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Davlatobod tumanida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 31 tani tashkil etib, ulardan eng ko‘pi sanoat, savdo va qurilish sohalarida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 13 tasi qo‘shma korxonalar, 18 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi. Ma’lumot o‘rnida, 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida 9 ta yangi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar tashkil etilgan.