02/02/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Mingbuloq tumanining doimiy aholisi soni 136,9 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 2,9 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholining 51,0 %ini erkaklar, 49,0 %ini ayollar tashkil etadi. 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 3 647 kishini, vafot etganlar soni 546 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2023- yilda FHDYO organlarida 1 056 ta nikohlar va 173 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Mingbuloq tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 10 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 202 kishini tashkil qilgan.