2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 20,7 trln. soʻm oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 9,1 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 43,7 % ini tashkil etgan.
Mashina, asbob–uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 10,5 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 50,8 %) hamda boshqa xarajatlar 1,1 trln. soʻmni (5,5 %) tashkil etgan.