05/02/2024

Joriy yilning 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb”, “1 fx” va “1 mehnat” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

1-7b5a3499

Ushbu on-line muloqotlarda “1 kb”, “1 fx”, va “1 mehnat” yillik statistika hisobotlarining har bir boʻlimi va undagi koʻrsatkichlar boʻyicha batafsil tushuntirilib, hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

2-7b5a3560

On-line muloqotlar 2024-yilning 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

3-7b5a3500

Eslatib oʻtamiz, 1 kb shakli va 1 fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

4-7b5a3546

“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting!