05/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida jami 1428,7 ming kv.metr turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 28,9 ming kv.metrga ko‘paygan.

♻️ Foydalanishga topshirilgan turar joylarning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi;

🔸 Kosonsoy tumani - 182,6 ming kv.metr,
🔸 Namangan shahri - 141,1 ming kv.metr,
🔸 Chortoq - 131,2 ming kv. metr
🔸 Chust tumani - 131,2 ming kv. metr
🔸 Yangiqo‘rg‘on tumani - 121,7 ming kv. metr
🔸 Uchqo‘rg‘on tumani - 113,0 ming kv. metr
🔸 Uychi tumani - 108,8 ming kv. metr
🔸 To‘raqo‘rg‘on tumani - 106,0
🔸 Mingbuloq tumani - 101,5 ming kv. metr
🔸 Norin tumani - 101,2 ming kv. metr
🔸 Pop tumani - 96,0 ming kv. metr
🔸 Namangan tumani - 94,4 ming kv. metrni tashkil etgan.