06/02/2024

2023- yilda Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 47 trln. 112,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yil bilan taqqoslaganda 5,4 % ga o‘sdi.

📊 YAHM deflyator indeksi 2022- yil narxlariga nisbatan 110,2 % ni tashkil qildi.

👨‍👩‍👧 Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 15 mln. 539,5 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 3,1 % ga yuqoridir.

♻️ Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari:

🏗 Qurilish - 107,1 %
🏭 Sanoat - 107,2 %
⚒ Xizmatlar - 105,1 %
🏕 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -104,4 %ni tashkil etgan.

✅ Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,4 % ga yetdi.