06/02/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o'rtacha oylik ish haqi hajmi 2 718,7  ming so'mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2022-yilning  mos davriga nisbatan 110,1 %nga yetdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Uchqo‘rg‘on (4 347,8 ming so‘m), Yangiqo‘rg‘on (3 049,6 ming so‘m), To‘raqo‘rg‘on (2 904,4 ming so‘m) da kuzatildi.

Shu bilan bir qatorda, viloyatning ba’zi tumanlari Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi viloyat darajasidan past bo‘ldi. Chortoq (2146,3 ming so‘m) hamda Pop (2202,8 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.