07/02/2024

2023- yilning yanvar - dekabr oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 17 trln. 328,7 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi. O‘tgan 2023 yilda 678,1 ming tonna donli ekinlar, 989,4 ming tonna sabzavotlar, 337,0 ming tonna kartoshka, 134,4 ming tonna poliz mahsulotlari va 366,7 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.