08/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish ishlarining 77,8 % i yoki 5 trln. 809 mlrd. so‘mi iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan. Yangi qurilish ishlarining eng katta ulushi 46,8 % bilan kichik korxona va mikrofirmalar qayd etilgan. Ular tomonidan 2023- yilda 2,7 trln. so‘mlik yangi qurilish ishlari amalga oshirilgan.