09/02/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga Namanganda jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 136 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 487 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Namangan shahri – 657 ta
  • Chust tumani – 106 ta
  • Namangan tumani – 105 ta
  • Uychi tumani – 104 ta