09/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Chust tumanida 1 trln. 870,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 449,7 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Shuningdek, sanoat ishlab chiqarish tarkibida iste’mol mahsulotlarining ulushi 645,6 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, shundan, 99,3 mlrd. so‘mini oziq ovqat hamda 546,3 mlrd. so‘mini nooziq ovqat mahsuotlari tashkil etgan.