09/02/2024

Joriy yilning 9- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yilda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumot va tushunchalar berildi. 

Mazkur Qonun 21 ta moddadan iborat bo‘lib, unda huquqlari, majburiyatlari va ular faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilashligini, Qonunga ko‘ra ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs pedagog hisoblanishini aytdi.

Seminar davomida pedagogning huquqlari va majburiyatlari, etika qoidalari, pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogning mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy himoya qilish haqida to‘xtalib o‘tildi.