13/02/2024

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. 2024- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 89,8 foizni tashkil etdi.

So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

  • 2019- yilda – 5 486 ta
  • 2020- yilda – 6 577 ta
  • 2021- yilda – 7 150 ta
  • 2022- yilda – 7 888 ta
  • 2023- yilda – 4 929 ta