14/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Pop tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 5421,9 tonna baliq ovlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 49,2 tonnaga ko‘paygan. Viloyat bo‘yicha ovlangan baliqlar umumiy hajmida Pop tumanining qo‘shgan hissasi 35,1 % ni tashkil etgan.