14/02/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga Uychi tumanining doimiy aholisi soni 232,4 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,2 ming kishiga ko‘paydi. 2023- yilda tug‘ilganlar soni 6320 kishini, vafot etganlar soni 1159 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2023- yilda FHDYO organlarida 1792 ta nikohlar va 297 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Uychi tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 232 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 271 kishini tashkil qilgan.