16/02/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni 7008,5 mingtaga yetdi. 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni - 602,5 mingtaga (9,4 %) ko‘paydi.

Parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, parrandalarning 38,1 % i fermer xo‘jaliklariga, 24,5% i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari va 37,4% i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelishi kuzaitildi.