2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida korxonalarning mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 4 trln. 507,0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 126,4 % ga yetgan. Tahlillarga ko‘ra viloyat bo‘yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmidagi ulushi 21,7 %ni tashkil etgan.