19/02/2024

Joriy yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

1-7b5a4142tui2uu

Ushbu on-line muloqotlarda “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarining har bir boʻlimi va undagi koʻrsatkichlar boʻyicha batafsil tushuntirilib, hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

2-7b5a4152i12122

On-line muloqotlar 2024-yilning 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

3-7b5a4146jk12jh1

Eslatib oʻtamiz, 1 kb shakli va 1 fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

4-7b5a4165ul12jkl2u2luyio

“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting!