19/02/2024

2024- yil 1- yanvar holatiga Namangan viloyatida 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 412,1 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 9,2 kishiga ortgan.

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan shahrida 4643,3 kishi, Namangan tumanida 963,5 kishi, To‘raqo‘rg‘on tumanida 908,1 kishi, Norin tumanida 837,1 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Pop tumanida 81,0 kishi, Chust tumanida 303,8 kishini tashkil etgan.