2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Chust tumanida jami 417,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 103,4 %ni tashkil etdi. Shundan, 331,1 mlrd. so‘mi iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan. Shuningdek, qurilish ishlarining 42,1 %i kichik va mikrofirmalar hamda 57,9 %i norasmiy sektorlar tomonidan amalga oshirilgan.