Joriy yilning 19- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari ishtirokida “Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish” boʻyicha hududiy statistika bo‘limlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida onlayn ravishda vebinar tashkil etildi. Seminarda boshqarma boshlig'i oʻrinbosari R. Jiyanov hamda Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari va tuman, shahar bo'limi boshliqlari ishtirok etdi.
Tadbirda 2024- yilning I choragi davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tanlama kuzatuvlarini qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarni yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz planshet qurilmasiga kiritish yuzasidan tushuntirishlar berildi.