Namangan muhandislik-texnolgiya institutida “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Namangan muhandislik-texnolgiya instituti iqtisodiyot fakulteti dekani – K. Matkarimov hamda statistika boshqarmasi mutaxassislar va talabalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, 2024-yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi to‘g‘risida takidlab o‘tildi.
Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.