20/02/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 29 942,5 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,4 %ni tashkil etdi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 57,9 %ni, chorvachilik mahsulotlarining ulushi 42,1 %ni tashkil qildi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 57,1 % i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 38,3 % i - fermer xo‘jaliklariga, 4,6 % i - qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.