2023- yilning yanvar-dekabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida 1 140,7 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 111,9 %ni tashkil etgan. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni savdo va transport xizmatlari egallagan. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlar hajmi 4 million 707,9 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda. Viloyatdagi ulushi 6,4 %ni tashkil etgan.