Joriy yilning 16- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022- yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 595-son qarori to‘g‘risida ma’lumot va tushunchalar berildi.
Mazkur qarorda davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini qonuniylik, Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, halollik va xolislik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish, xizmat sirini qat’iy saqlash, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplari asosida amalga oshirishishligi haqida ta’kidlandi.
Shuningdek, seminar davomida davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish, mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish, murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish, oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish, fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish, jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilishi lozimligi belgilanganligi aytib o‘tildi.