22/02/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan tumanida jami 501,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 106,9 %ni tashkil etdi. Shundan, 400,8 mlrd. so‘mi iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan. Shuningdek, qurilish ishlarining 65,4 %i kichik va mikrofirmalar hamda 34,6 %i norasmiy sektorlar tomonidan amalga oshirilgan.