23/02/2024

2024- yilning yanvar oyida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga 4,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi 8,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 92,3 % ga ko‘paydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti asosan Xitoy, Rossiya, Pokiston hamda Ozarbayjon davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.