23/02/2024

Joriy yilning 23- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan 2024- yil fevral oyi davomida O‘zbekiston Respublikasining 9 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 17 ta qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida  xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.