23/02/2024

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning 53-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish maqsadida sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishi alohida kafolatlab qoʻyilgan. Zero, davlat xizmatchilarining ham tibbiy koʻrikdan oʻtishi ularning samarali faoliyat olib borishlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu kunlarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorligida boshqarmalar hamda turli tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan davlat xizmatchilari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Mazkur tibbiy koʻrikda malakali mutaxassis shifokorlar tomonidan Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari sogʻligʻining barqarorligi koʻzdan kechirilib, tibbiy tahlillar va yuzma-yuz muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.